Surxondaryodagi tumanlarni kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

O‘zbekiston 23:40 / 10.07.2018 11554

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Surxondaryo viloyatining Muzrabot (511-sonli), Oltinsoy (512-sonli) va Uzun (513-sonli) tumanlarini kompleks rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilindi.

Ilovalarga ko‘ra, tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari, sanoatni rivojlantirish, xizmatlar sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasi yanada barqaror rivojlanishini ta'minlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatlari tasdiqlanmoqda.

Dastur parametrlarining bajarilishini ta'minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi tuzilmoqda.

Tijorat banklariga Dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid uchun belgilangan tartibda kreditlar, jumladan, chet el valyutasida kreditlar ajratish tavsiya etilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda Dasturlarga kiritilgan loyihalar ijrosi doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: