«Real» «Yuventus»ning taklifini qabul qildi, Ronaldu tez orada Turin jamoasiga o‘tadi

Sport 20:10 / 10.07.2018 9149

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ertagayoq «Yuventus» futbolchisiga aylanishi mumkin.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, ushbu transfer turinliklarga 100 million yevroga tushadi. Jurnalist Xose Pedrerolning yozishicha, madridliklar «Yuve» taklifini qabul qilishgan, kelishuv haqida rasman ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga o‘tishi masalasi uzil-kesil hal bo‘ldi, endi faqat kelishuv haqida e'lon qilish qoldi, xolos.

Xabarda ta'kidlanishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres portugaliyalik yulduzning jamoadan ketish istagiga hurmat bilan qarab, uning A-seriyada yangi sarguzashtlar boshlashiga ruxsat bergan.

France Football xabariga ko‘ra esa portugaliyalik yulduz transferi 105 million yevroni tashkil etadi.

Bundan avvalgi xabarlarda, Ronaldu «Yuventus» bilan 4 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani, unga ko‘ra futbolchi yiliga 30 million yevro maosh olishi aytilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: