"Barselona" 21 yoshli futbolchi transferini e'lon qildi

Sport 04:21 / 10.07.2018 24698

"Barselona" o‘zining rasmiy saytida "Gremio" yarim himoyachisi Artur Ramosning transferini e'lon qildi. Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchi uchun 31 mln yevro to‘lashgan, shuningdek, turli xil natijalar sabab 9 mln yevro bonus ham berilishi mumkin. 

Artur "Barselona" bilan 6 yillik shartnomani imzoladi. Shartnomada 400 mln yevrolik tovon puli belgilagan. 

Futbolchi o‘tgan mavsum "Gremio" safida 7ta o‘yinda maydonga tushib, 1tadan gol va golli uzatma qayd etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: