Azim Ahmadxo‘jayev Avtomobil sporti federatsiyasi prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston 17:30 / 10.07.2018 8757

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev respublika Avtomobil sporti federatsiyasi prezidenti etib saylandi, deya xabar beradi idora matbuot xizmati. 

"Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida Azim Ahmadxo‘jayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi", - deyiladi xabarda.

Bundan avval federatsiya rahbari lavozimida Botirxo‘ja Sidiqov faoliyat yuritgan.

Avtomobil sporti federatsiyasi 2004 yildan buyon faoliyat yuritadi. Uning maqsadi - karting, ralli, avtokross va boshqa musobaqalarni tashkillashtirish orqali aholi o‘rtasida sportning ushbu turini ommalashtirish.

 

Ko‘proq yangiliklar: