«Arsenal»da yangi era: Emeri davridagi to‘rtinchi transfer e'lon qilindi

Sport 19:50 / 10.07.2018 10169

«Sampdoriya» yarim himoyachisi Lukas Torreyra rasman «Arsenal» futbolchisiga aylandi.

«Sampdoriya» va «Arsenal» bir vaqtda ushbu urugvaylik futbolchi transferini tasdiqladi.

Torreyraning transferi «Arsenal»ga 30 million yevroga tushgan.

Bundan oldinroq «Arsenal» ikki himoyachi transfer qilgandi. Stefan Lixtshtayner «Yuventus»ni erkin agent sifatida tark etib, Londonga kelgan bo‘lsa, «Borussiya» Dortmund himoyachisi Sokratis Papastatopulos transferi uchun 28 million yevro sarflandi. Shuningdek, «Bayyer»dan jamoaning asosiy darvozaboni Bernd Leno 25 million yevro evaziga olib kelindi.

Ko‘proq yangiliklar: