O‘zbekiston o‘smirlari - CAFA U16 chempionati g‘olibi!

Sport 19:04 / 09.07.2018 16737

Toshkentda Markaziy Osiyo futbol uyushmalari (CAFA) U16 chempionati davom etmoqda.

Musobaqaning so‘nggi turida O‘zbekiston va Tojikiston o‘smirlari bellashdi. O‘yinda ustunlikka ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bu natijadan so‘ng, barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, 9 ochko jamg‘argan O‘zbekiston U16 musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

CAFA U16 chempionati, 3-tur
9 iyul, Toshkent, «Lokomotiv» stadioni 
Tojikiston U16 - O‘zbekiston U16 - 1:3
Gollar:
 Umedjon Ramazonov (76) - Ruslan Roziyev (37, 56), Jasurbek Jaloliddinov (85).

Hakamlar: Meder Taychiyev, Qanat Mirzabekov, Eldos Mirzabekov (uchalasi ham Qirg‘iziston), Jasur Muxtorov (O‘zbekiston)
Tojikiston U16: 16.Azizjon G‘oibov, 2.Abdurauf Mehruboni, 3.Jamshid Sattorov, 4.Jamshidjon Oqilov (19.Dovud Hakimov, 87), 9.Murodali Aknazarov, 12.Zuhriddin Fuzaylov, 14.Alisher Rahimov, 17.Alinur Niyozbekov, 18.Umedjon Ramazonov, 20.Sherzod Dadaboyev, 21.Faizidin Nazarov (6.Mizrob Usmonov, 55).
O‘zbekiston U16: 12.Mo‘minmirzo Qodirov, 4.Sardor Abdurashidxo‘jayev (3.Foziljon Pirimqulov, 90+2), 6.Diyorbek Rahimqulov (2.Alibek Davronov, 90+1), 7.Temur Mamasidiqov, 8.Mironshoh Sattorov, 9.Igor Chikrizov, 10.Jasurbek Jaloliddinov, 11.Ruslan Roziyev, 14.Doniyor Sabirov, 15.Muhammadyusuf Nasirov (5.Xurshid Ubaydullayev, 46), 20.Azizbek Hafizov.

Ogohlantirishlar: Mironshoh Sattorov (51), Alinur Niyozbekov (83).
Chetlatish: Zuhriddin Fuzaylov (Tojikiston, 60).

Ko‘proq yangiliklar: