Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston 11:15 / 09.07.2018 12464

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida ro‘y bergan suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va talafotlar yetgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaga kelgan sel yomg‘irlari va ular ortidan qayd etilgan ko‘chkilar natijasida qurbon bo‘lganlar soni 70 kishidan oshdi.

Ko‘proq yangiliklar: