Farg‘onada parashyutdan sakrash musobaqasi bo‘lib o‘tdi (foto)

O‘zbekiston 22:17 / 09.07.2018 12439

Sharqiy harbiy okrug dala o‘quv maydonida XI parashyut sporti bo‘yicha ochiq musobaqasi o‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Sakrashlar Mi-8 harbiy vertolyotidan salkam 3 ming metr balandlikdan amalga oshirildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Ushbu musobaqadan umidimiz katta. Asosiy maqsadimiz Qurolli Kuchlarimizda parashyut sportini ommalashtirish, professional parashyutchilarni yetishtirish va eng asosiysi, yoshlarimiz orasida havo-desant bo‘linmalarida xizmat qilishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishdan iborat”, — deydi harbiy okrug havo-desant xizmati boshlig‘i podpolkovnik Mardonbek Eshanov. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

3 kun davom etgan musobaqada aniqlikka parashyut bilan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin kichik serjant Muzaffar Qahhorovga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Mixail Lenchenko, 3-o‘rinni katta serjant Altinboy Klyshov egalladi.

Jamoaviy tarkibda parashyut bilan aniqlikka sakrash yo‘nalishida 1-o‘rin O‘zbekiston Respublikasi parashyut sporti federatsiyasi “Aerosport” jamoasiga, 2-o‘rin Toshkent harbiy okrugi “Lochin” jamoasiga, 3-o‘rin esa Mudofaa vazirligi markaziy apparatining “Mergan” jamoasiga nasib etdi.  

Musobaqada jamoalarni tayyorlash bo‘yicha eng yaxshi murabbiy nomiga O‘zbekiston Respublikasi parashyut sporti federatsiyasi mutaxassisi Aleksey Borshchuk sazovor bo‘ldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: