Davlat xizmatlari markazlari jismoniy shaxslarga STIR berishni boshlaydi

O‘zbekiston 14:06 / 09.07.2018 14969

O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi aholi orasida talab yuqori bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishni boshlaydi. Xususan, jismoniy shaxslar bu markazlarda STIR (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami)ni olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi KUN.UZ’ga ma'lum qildi.  

Unga ko‘ra, 2018 yil 1 sentabrdan Davlat xizmatlari markazlarida tug‘ilganlikni qayd etish, Adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish, FHDYo va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini olish imkoni paydo bo‘ladi. 

Bundan tashqari, sudlanganlik haqida ma'lumotnoma, jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliq va boshqa qarzi bor-yo‘qligiga doir ma'lumotnoma, jismoniy shaxs STIR berish, manzil-ma'lumot axborotlarini berish kabi xizmatlar Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: