10–11 iyul kunlari O‘zbekistonda anomal jazirama saqlanib qoladi

O‘zbekiston 14:41 / 09.07.2018 50537

10–11 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5–7 daraja yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 40–43 darajagacha issiq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati  44–45 darajagacha isiydi, garmsel shamoli esishi mumkin.

10–11 iyul kunlari respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li tumanlari bo‘ylab Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan sel toshqinlari o‘tishi mumkin.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 iyul kuni poytaxtimiz Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +25…+27, kunduzi +41…+43 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +24…+29, kunduzi +38…+43 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +25…+30, kunduzi +40…+45 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +24…+29, kunduzi +38…+43 daraja issiq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +25…+30, kunduzi +40…+45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +22…+27, kunduzi +37…+42 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +18…+23, kunduzi +28…+33 daraja issiq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: