Rossiya termasining ikki futbolchisi xalqaro faoliyatini yakunladi

Sport 12:30 / 08.07.2018 14764

«Spartak» jamoasining 33 yoshli yarim himoyachisi Aleksandr Samedov Rossiya terma jamoasidan ketganini ma'lum qildi. Shuningdek TsSKA himoyachisi Sergey Ignashevich ham terma jamoada boshqa o‘ynamasligini bildirdi.

Samedov Xorvatiyaga qarshi o‘yindan keyin jurnalistlarga jahon chempionati chorak finalidagi o‘yin terma jamoadagi oxirgi o‘yini bo‘lib qolganini bildirdi. Ignashevich esa agar JCh-2018 bo‘lmaganida ancha avvalroq ketgan bo‘lishini aytdi.

Samedov terma jamoada 2011 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi. Bu vaqt ichida u 53 o‘yinda maydonga tushgan va 7 gol urgan.

Ayni vaqtda 38 yoshda bo‘lgan Ignashevich 2006 yildan buyon terma jamoada o‘ynab keladi. U Rossiya termasi safida o‘tkazilgan o‘yinlar bo‘yicha rekordchi - 127 o‘yin.

U 2016 yili xalqaro faoliyatini yakunlagandi, ammo jahon chempionati arafasida terma jamoaga qaytdi. U bu turnirda pley-offda ikki o‘yinda 120 daqiqadan harakat qildi, nimchorak finalda Ispaniyaga qarshi, chorak finalda Xorvatiyaga qarshi o‘yinlarda penaltilar seriyasida qatnashib, o‘z imkoniyatini golga aylantirdi.

Rossiya terma chorak finalda Xorvatiyaga penaltilar seriyasida 3:4 hisobida yutqazdi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar 2:2 hisobida yakunlandi.

Chempionat 15 iyulga qadar davom etadi. Final «Lujniki» stadionida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: