Respublika Gidrometeorologiya markazi 9 iyul ob-havosi haqida ma'lumot berdi: havo harorati yanada oshadi

O‘zbekiston 16:30 / 08.07.2018 66250

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9 iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 25-27, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 24-29, kunduzi 38-43 daraja issiq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: