«Real» Ronalduning ketishi haqida yangi hafta boshida e'lon qiladi

Sport 10:00 / 08.07.2018 11207

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ga o‘tishi oydinlashmoqda.

Mediaset Premium xabariga ko‘ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres seshanba kuni «Real» direktorlari kengashida klubning yetakchi futbolchisi ketayotgani haqida rasman ma'lum qiladi.

Bundan avvalroq Ronaldu klubda ketish g‘oyasi o‘z tashabbusi bo‘lganini rasman tan olsa, uning transferi «Yuventus» uchun 100 million yevroga, aks holda 150 million yevrogacha tushishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ronalduning o‘zi turinliklar bilan yiliga 30 million yevrodan maosh to‘lash nazarda tutilgan 4 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: