Paulino «Barselona»ni tark etib, Xitoyga qaytdi

Sport 23:01 / 08.07.2018 19365

«Barselona» yarimhimoyachisi Paulino «Guanchjou Evergrand» klubiga qaytdi.

Xitoy klubi 29 yoshli braziliyalikning transferini tasdiqladi, ammo bitim shartlarini oshkor qilmadi. «Barselona» klubi ham futbolchining ketishiga izoh bermadi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Paulinoni 50 million yevroga sotishdi. Futbolchining o‘zi esa «Guanchjou Evergrand» klubida yiliga 14 million yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Paulino «Guanchjou»dan «Barselona»ga 1 yil oldin 40 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: