JCh-2018. Belgiya Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Sport 01:07 / 07.07.2018 19568

Belgiya terma jamoasi jahon chempionati chorak finalida Braziliya ustidan kichik farq bilan g‘alaba qozondi. "Kazan Arena" stadionida kechgan o‘yin belgiyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

13-daqiqada Fernandinoning avtogoli Belgiyani hisobda oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada de Bryuyne farqni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Braziliyaning yagona goli 76-daqiqada Renata Augusto tomonidan kiritildi. 

Belgiya terma jamoasi yarim finalda Fransiya bilan kuch sinashadi. 

1/4 final

Braziliya – Belgiya – 1:2 (1:1)

Gollar: 0:1 – 13, avtogol Fernandino, 0:2 – 31 de Bryuyne, 1:2 – 76 Renato Augusto.
Braziliya: Alisson, Tiago Silva, Marselo, Fagner, Miranda, Paulino (Renato Augusto, 73), Fernandino, Koutino, Villian (Firmino, 46), Neymar, Gabriel Jyezus (Duglas Kosta, 58).
Belgiya: Kurtua, Kompani, Vertongen, Mene, Alderveyreld, Fellayni, Shadli (Vermalen, 83), de Bryuyne, Vittsel, Azar, Lukaku (Tilemans, 87).
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (47), Mene (71), Fernandino (85), Fagner (90).

Ko‘proq yangiliklar: