JCh-2018. Yarim finalning ilk juftligi ma'lum bo‘ldi

Sport 01:36 / 07.07.2018 26053

Belgiya terma jamoasi jahon chempionati 1/4 finalida Braziliya ustidan g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. "Kazan Arena"da kechgan o‘yin 2:1 hisobida belgiyaliklar foydasiga yakunlandi. 

Shu tariqa, Belgiya yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va unda Urugvayni 2:0 hisobida mag‘lub etgan Fransiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. 

Uchrashuv 10 iyul kuni "Sankt-Peterburg" stadionida, Toshkent vaqti bilan 23:00 da bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘proq yangiliklar: