Angliya yarim finalda! 28 yil ichida ilk marta

Sport 20:55 / 07.07.2018 12534

Rossiyada jahon chempionati pley-off bosqichi o‘yinlari davom etmoqda.

Chorakfinalda Angliya va Shvetsiya bellashdi.  Samaradagi «Samara Arena» stadionida kechgan uchrashuv inglizlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollar Maguayr va Dele Alli hisobiga yozildi. Har bo‘limda bittadan gol urgan inglizlar ishonchli g‘alaba bilan yarimfinalga yo‘l olishdi.

Angliya 1990 yildan buyon ilk marta, o‘z tarixida esa uchinchi marta jahon chempionati yarim finaliga yo‘l olmoqda. JCh-1990 turniri yarim finalida angliyaliklar GFR termasiga yutqazgandi (1:1, 3:4 penaltilar bo‘yicha), 1966 yili esa Angliya o‘z tarixidagi yagona jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

JCh-2018 yarim finalida Angliya 11 iyul kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida Rossiya — Xorvatiya juftligiga qarshi o‘ynaydi.

JCh-2018, 1/4 final
Shvetsiya – Angliya 0:2 

7 iyul, «Samara-Arena» 
Gollar: 0:1 – 30 Maguayr, 0:2 – 58 Alli. 
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Yansson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reshford, 90), Xenderson (Dayyer, 85), Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Maguayr (87), Gvidetti (88).

Ko‘proq yangiliklar: