Toshkentda o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha musobaqada surxondaryolik sportchilar birinchi o‘rinni egalladi

Sport 19:10 / 07.07.2018 2848

6-7 iyul kunlari Toshkent shahrining Universal sport majmuasida Taekvondo (WTF) yo‘nalishi bo‘yicha «Olimpiya kelajagi» va yoshlar o‘rtasida Chellenjyer musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada respublikaning barcha viloyatlaridan 900 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etdi.

7 iyul kuni «Olimpiya kelajagi» kattalar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tdi. Final bahslarida Surxondaryo jamoasi 1 o‘rin, Toshkent shahri 2 o‘rinni egalladi.

Musobaqa g‘oliblarini Taekvondo assotsiatsiyasi rahbari Laziz Hasanov taqdirladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: