Masjid va madrasalar uchun kitob yig‘ish xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Jamiyat 16:30 / 07.07.2018 4660

Vaqf xayriya jamoat fondi keng ko‘lamli xayriya aksiyasi boshlaganini ma'lum qiladi. Aktsiyaga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha masjidlarga Qur'oni karim va shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma'rifiy kitoblar yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, tushgan mablag‘ evaziga O‘zbekistondagi barcha masjidlarda namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida bepul onlayn kutubxona tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Aktsiyada pul o‘tkazish yoki kitob berish orqali qatnashish mumkin. Har kuni yig‘ilgan mablag‘ haqida ma'lumot berib boriladi.

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Vaqf xayriya jamoat fondi ushbu loyihada kitob yig‘ish uchun viloyatlardan ko‘ngillilarni hamkorlikka chorlaydi!

Murojaat uchun telefon: (71) 150 64 36

Ko‘proq yangiliklar: