Yosh prokuror Quronboyevga o‘rinbosar va byudjyeti 770 milliard so‘mlik yangi jamg‘armaga rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston 12:00 / 07.07.2018 107784

Bunyod Bahromovich Bahrombekov Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevga o‘rinbosar, yangi tuzilgan «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi ijrochi direktori etib tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumot «Kun.uz»ga respublika prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan.

«Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27 iyundagi farmoni bilan tuzilgan, unga bu yil uchun 770 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Jamg‘arma mablag‘laridan yoshlarning biznes loyihalari uchun yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kreditlar berilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan Bunyod Bahrombekov 2009 yili Milliy universitetni huquqshunos mutaxassisligi bilan tamomlagan. Mehnat faoliyatini o‘sha yili Hamza (hozirgi Yashnobod) tuman prokuraturasida boshlagan. 2014 yildan Toshkent shahar prokuraturasida, 2015 yildan esa O‘zbekiston Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan.

U 2018 yildan boshlab Bosh prokuratura Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: