CAFA U16. O‘zbekiston o‘smirlari Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etishdi

Sport 18:55 / 07.07.2018 12474

Toshkentda Markaziy Osiyo futbol uyushmalari (CAFA) U16 chempionati davom etmoqda.

Musobaqaning 2-turida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘smirlari bellashdi. O‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘zbekiston o‘smirlari so‘nggi tur o‘yinini 9 iyul kuni tojikistonlik tengqurlariga qarshi o‘tkazishadi. 

CAFA U16 chempionati, 2-tur
7 iyul, Toshkent, «Milliy» stadioni
O‘zbekiston U16 - Qirg‘iziston U16 - 5:0
Gollar: 
Xurshid Ubaydullayev (5), Mironshoh Sattorov (41), Igor Chekrizov (43), Temur Mamasidiqov (54), Muhammadyusuf Nosirov (81)

O‘zbekiston U16: M.Qodirov, S.Abdurashidxo‘jayev, X.Ubaydullayev, D.Rahimqulov, T.Mamasidiqov, M.Sattorov, I.Chikrizov, J.Jaloliddinov, R.Roziyev, M.Nosirov, A.Xafizov
Zaxira: A.Davronov, F.Pirimqulov, D.Sabirov, F.Muxtorov, X.Norchayev, Q.Qo‘shnazarov, X.Abdunabiyev

Ko‘proq yangiliklar: