JCh-2018, chorak final. Bugungi o‘yinlar anonsi

Sport 11:10 / 06.07.2018 21812

Bugun, 6 iyul kuni jahon chempionatining 1/4 final o‘yinlari boshlanadi. Bugun 4 terma jamoa yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi.

​Chorak finalning dastlabki o‘yini nimchorak finalda Portugaliya va Argentinani qoldirib ketgan Urugvay hamda Fransiya juftligi o‘rtasida kechadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. O‘yinni argentinalik Nestor Pitana boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

URUGVAY – FRANTsIYa
6 iyul. Nijniy Novgorod. «Nijniy Novgorod». 19.00 (Pervyy).
Hakamlar: PITANA. Maydana, Belatti (barchasi – Argentina).
Diskvalifikatsiyalar: yo‘q – Matyuidi.

Ikkinchi uchrashuv esa 1/8 finalda Meksikadan ustun kelgan Braziliya va Yaponiyaga qarshi dramatik uchrashuvda oxirgi daqiqalarda g‘alabaga erishgan Belgiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. O‘yinni serbiyalik Milorad Majich boshchiligidagi hakamlar boshqaradi.

BRAZILIYa – BeLGIYa
6 iyul. Qozon. «Kazan Arena» stadioni. 23.00 (Rossiya 1).
Hakamlar: MAJICh. Ristich, Jurjyevich (barchasi – Serbiya).
Diskvalifikatsiyalar: Kazemiro – yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: