O‘zbekistonga kirishga doir E-VISA'ni olish tartibi qanday?

O‘zbekiston 20:37 / 06.07.2018 11280

15 iyul kunidan boshlab xorij mamlakatlari fuqarolari O‘zbekistonga kirish vizasini olish uchun diplomatik vakillik yoxud O‘zbekistonning chet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilishi shart emas. Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni imzolagan hujjatda shunday deyiladi. Unga ko‘ra, chet el fuqarolari yangi tashkil etilgan  «E-visa.uz» kirish vizalarini rasmiylashtirish tizimi orqali O‘zbekistonga kirish huquqini beruvchi vizani qo‘lga kiritishi mumkin.

Xorij mamlakatlari fuqarolari O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun qanday ma'lumotlarga ega bo‘lishlari kerak?

  • www.e-visa.gov.uz havolasi orqali portalga murojaat qilinadi;
  • individual yoki guruh bo‘lib murojaat qilish tartibi mavjud;
  • murojaat berilgan kunni hisobga olmaganda 2 ishchi kuni davomida ko‘rib chiqiladi;
  • vizaning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 90 kun;
  • 30 kunlik muddatga bir martalik kirish uchun rasmiylashtiriladi;
  • vizani rasmiylashtirish narxi - 20 AQSh dollari;
  • kirish hujjatlarini olish soddalashtirilgan davlatlar fuqarolari uchun.

E-VISA'ni olish uchun murojaat qilish tartibi qanday?

  1. www.e-visa.gov.uz portaliga kirish;
  2. Arizachining ma'lumotlarini kiritish;
  3. Surat va pasport skanini yuklash;
  4. Elektron pochta orqali arizani tasdiqlash;
  5. «VISA» xalqaro to‘lov tizimi orqali davlat bojini to‘lash;
  6. Murojaat qayta ishlanishining tugashini kutish;
  7. Elektron pochtadan vizaga berilgan so‘rovning holati haqida xabar olish;
  8. Tayyor vizani chop etish uchun konsultatsiyalar servisiga o‘tish.

Konsultatsiyalar servisi vositasida murojaat holatini tekshirish imkoni mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: