Rossiya ham AQShga qarshi javob bojlarini qo‘lladi

Iqtisodiyot 18:21 / 06.07.2018 15725

Rossiya AQSh bojlariga qarshi javob choralarini qo‘lladi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi xabarida so‘z bormoqda, deb yozadi «Gazeta.Ru». Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev shunday buyruqni imzolagan.

«Olib kirilayotgan mahsulot qiymatining 25-40 foizi miqdorida kompensatsiya bojlari kiritiladi. AQShning ayrim mahsulotlariga, Rossiyada o‘xshashlari ishlab chiqariladigan bo‘lsa, shunday bojlar qo‘llaniladi», — degan iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Oreshkin.

Oydinlik kiritilishicha, bu kabi choralar doirasiga qurilish-yo‘l texnikalari, neft-gaz uskunalari, metallarni qayta ishlash va tog‘larda burg‘ilash ishlarini olib borish uchun texnikalar shular qo‘shimcha boj kiritilgan import mollaridir. 

Oreshkinga ko‘ra, yangi bojlar shu kabi texnikalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Bundan avval Xitoy va AQSh o‘zaro 68 mlrd dollarlik bojlarni joriy qilgani haqida xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: