«Manchester Yunayted» Ronaldu transferi bo‘yicha «Yuventus» bilan raqobatlashadi

Sport 13:30 / 06.07.2018 10942

Krishtianu Ronalduning «Real»ni tark etishga qaror qilgani «Manchester Yunayted»ni ham befarq qoldirmayapti. Ingliz OAVga ko‘ra, manchesterliklar uning transferi masalasida «Yuventus» bilan raqobatga kirishish niyatida.

«MYu» rahbariyati o‘z sobiq yulduzini ortga qaytarish masalasini muhokamaga qo‘yishgan va unga taklif bilan chiqishga qaror qilishgan. 

Eslatib o‘tamiz, matbuot nashrlarida Ronalduning ertagayoq «Yuventus»ga o‘tishi haqida rasman e'lon qilinishi bot-bot tilga olinmoqda.

33 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum «Real» libosida 44 o‘yin o‘tkazib, 44ta gol va 8ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: