Xalqaro armiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 13 yo‘nalishda mamlakat sha'nini himoya qiladi

O‘zbekiston 23:23 / 06.07.2018 6082

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro armiya o‘yinlari—2018”ning 13 ta yo‘nalishida ishtirok etadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mamlakatimiz harbiy xizmatchilari “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri), “Elbrus halqasi” (Rossiya Kabardino-Balkariya), “Sodiq do‘st” (Rossiya, Moskva), “Yo‘l patruli” (Rossiya, Moskva viloyati), “Merganlik marrasi” (Belarus respublikasi), “Xavfsiz marshrut” (Xitoy, Korla shahri), “Artilleriya ustasi” (Qozog‘iston), “Qurolsoz usta” (Rossiya, Penza shahri), “Musaffo osmon” (Xitoy, Korla shahri), “Harbiy ralli” (Rossiya, Tyva viloyati), “Harbiy-tibbiy estafeta” (Rossiya, Sankt-Peterburg shahri),  “Dala oshxonasi” (Rossiya, Moskva viloyati), “Hamdo‘stlik jangchisi” (Armaniston) kabi yo‘nalishlarda qatnashadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘tgan yilning 29 iyulidan 12 avgustiga qadar o‘tkazilgan “ArMI—2017” Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba ishtirok etgandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Unda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidan kelgan 28 mamlakatning 150 dan ziyod jamoasi qatnashgan, O‘zbekiston himoyachilari esa mazkur xalqaro armiya o‘yinlarida 29 ta tanlovning atiga 8 tasida qatnashib, 5 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Ko‘proq yangiliklar: