Taniqli AnTuTu benchmarki jamoasi o‘zining Android operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi smartfonlarining iyun oyi reytingini taqdim etdi.
Ta'kidlash joizki, AnTuTu har oy eng top smartfonlar o‘nligi ro‘yxatini chop etadi. Shuningdek u Android va iOS operatsion tizimlarida yetakchilik qiluvchi smartfonlar ro‘yxatini alohida beradi.
Kutilganidek, ro‘yxatda yetakchilik qiluvchi smartfonlarning aksariyati Qualcomm Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi. Shunday bo‘lsa-da, ular turlicha dizaynga ega va Android'ning boshqa-boshqa versiyasida ishlaydi.
Iyun oyida reytingda Xiaomi kompaniyasining Black Shark o‘yin smartfoni yetakchilik qildi. U 287 ming ball to‘pladi. Uning eng yaqin raqibi 284 ming ball bilan Vivo NEX bo‘ldi. Uchinchi o‘rinda esa 282 ming ball bilan OnePlus 6 smartfoniga nasib etdi. Eng kuchli smartfonlar o‘nligidan shuningdek Xiaomi Mi 8, Smartisan Nut R1, Samsung Galaxy S9+, Xiaomi Mi MIX 2s, Samsung Galaxy S9, Sony Xperia Z2 va Nubia Red Magic o‘rin olgan.