JCh-2018 Ravshan Ermatovsiz davom etadigan bo‘ldi

Sport 09:57 / 05.07.2018 96568

FIFA JCh-2018ning qolgan 8ta o‘yiniga ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e'lon qildi. Bu ro‘yxatdan o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov o‘rin olmagan.

JChda ishlashda davom etadigan hakamlar quyidagilar: Alirizo Fag‘oni (Eron), Abdulla Navof Shukrullo (Bahrayn), Malang Dediu (Senegal), Janni Sikazu (Zambiya), Mark Geyger (AQSh), Jyeyr Marrufo (AQSh), Tsezar Arturo Ramos Palazuelos (Meksika), Andres Kuna (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya), Mettyu Konger (Yangi Zelandiya), Junayt Chaqir (Turkiya), Born Kuypers (Niderlandiya), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya).

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov JCh-2018ning 2ta uchrashuvida hakamlik qildi. Argentina – Xorvatiya (0:3) va Ispaniya – Marokash (2:2) o‘yinlarini boshqarishda unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishdi.

Rossiya mundiali Ravshan Ermatov faoliyatidagi uchinchi jahon chempionati bo‘ldi. U Janubiy Afrikada o‘tkazilgan JCh-2010 va Braziliyada o‘tkazilgan JCh-2014 musobaqalarida ishtirok etib, jami 9ta o‘yinni boshqargan va dunyo rekordini o‘rnatgan. Endilikda Ermatov boshqarib borgan mundial o‘yinlari soni 11taga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: