Ronaldu Italiyaga ko‘chib o‘tishga tayyorlanmoqda

Sport 11:21 / 05.07.2018 23409

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin shahridan uy qidirishni boshlab yubordi, deb xabar berdi Marca. U agar «Yuventus»ga transfer qilinsa, shu shaharda yashaydi.

Manbaning aytishicha, portugaliyalik futbolchi Ispaniya poytaxtida yashaganidan baxtiyorligini aytgan. Ammo «Real» rahbariyati bilan qiyin munosabatlar uni kelajak haqida o‘ylashga majbur qilmoqda.

Ronaldu o‘z faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishni ko‘zlamoqda. Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning saytida yozilishicha, «Keksa sinora» hujumchining transferi uchun 400 million yevro to‘lashga tayyor. 

2 iyun kuni Corriere dello Sport agarda yiliga 80 million yevro oladigan bo‘lsa, Ronaldu «Real»da qolmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi. Yangi shartnoma bo‘yicha murakkab muzokaralar sababli u va klub rahbariyati o‘rtasida nizo vujudga keldi. 

Ronaldu 2009 yildan buyon Madrid klubi safida to‘p suradi. 2018 yilda uning maoshi yiliga 21 million yevroni tashkil etdi. «Pari Sen-Jyermen» unga 45 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

Ko‘proq yangiliklar: