«Real» yangi futbolchisi transferini e'lon qildi

Sport 22:16 / 05.07.2018 21431

«Real» rasmiy saytida «Real Sosedad»dan himoyachi Alvaro Odriosola sotib olingani haqida rasman e'lon qilindi.

Ushbu 22 yoshli futbolchi bilan 6 yillik shartnoma tuzilgan.

OAV ma'lumotiga ko‘ra futbolchining transferi 40 million yevroga baholangan.

Odriosola Ispaniya terma jamoasi bilan 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgandi.

Yakunlangan mavsumda ushbu futbolchi «Real Sosedad» safida barcha turnirlar doirasida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urgan va 4 golga uzatma bergan.

Ko‘proq yangiliklar: