Oddiylik ortidagi vatanparvarlik – Prezident ishqibozlar safida jamoasini qo‘llab-quvvatladi

Sport 00:13 / 05.07.2018 34630

Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich Daniya-Xorvatiya uchrashuvining asosiy mehmonlaridan biri bo‘ldi. U o‘yinni vip-lojada emas, balki ishqibozlar sektorida, xorvatiyalik muxlislar bilan birgalikda tomosha qildi.

Foto: direktno.hr

U bu uchrashuvni tomosha qilish uchun oddiy yo‘lovchi samolyotida uchib keldi. Mana buning isboti.

Foto: direktno.hr

«Men ham oddiy muxlis ekanligimni ko‘rsatgim, jamoamizni ishqibozlar orasida qo‘llab-quvvatlagim keldi. Milliy ramzimiz tushirilgan futbolka kiydim. Dress-kod joriy etilgan vip-zonada bunday kiyimda yurish mumkin emas. Afsus, Modrich oxirida penaltini amalga oshira olmadi, lekin termamiz darvozaboni 11 metrliklar seriyasida o‘zini ko‘rsata oldi,  qahramonga aylandi va jamoamizning chorak finalga chiqishiga yordam berdi. Sochida Rossiya bilan o‘yinda ko‘rishguncha, kuchlilar g‘alaba qozonsin», – dedi Grabar-Kitarovich o‘yindan keyin.

Grabar-Kitarovich 2015 yil fevralda Xorvatiya prezidenti bo‘lgan. Bunga qadar u Xorvatiyaning AQShdagi elchisi va NATO bosh kotibining ommaviy diplomatiya masalalari bo‘yicha yordamchisi bo‘lgan.

Foto: Instagram /predsjednicarh
Foto: direktno.hr
Ko‘proq yangiliklar: