Xosep Gvardiola Argentina termasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Sport 12:30 / 05.07.2018 9880

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va mahalliy biznesmenlar guruhi Xosep Gvardiolani Argentina terma jamoasi bosh murabbiyligiga taklif etmoqchi, deb xabar berdi Todo Noticias.

Argentina telekanalining xabariga ko‘ra, AFA rahbariyati Gvardiolaga yiliga 12 million yevro maosh berishga tayyor bo‘lib, uning yarmi assotsiatsiya, qolgan yarmi biznesmenlar tomonidan to‘lanadi.

Gvardiola ayni paytda «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilgacha bo‘lib, maoshi yiliga 21 million yevroni tashkil etadi.

Telekanalning qayd etishicha, Gvardiola jahon chempionatida g‘olib chiqish va yana Lionel Messi bilan birga ishlash xohishi tufayli Argentina terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: