CAFA U-16. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Sport 19:08 / 05.07.2018 14575

Toshkentda Markaziy Osiyo futbol uyushmalari (CAFA) U-16 chempionati start oldi.

Musobaqaning ochilish o‘yinida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘smirlari bellashdi. Bahsda hamyurtlarimiz irodali va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

1-turning yana bir o‘yinida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘smirlari bellashadi.

CAFA U-16 chempionati

5 iyul, Toshkent, «Milliy» stadioni

Afg‘oniston U16 - O‘zbekiston U16 - 1:4

Gollar: Sardor Abdurashidxo‘jayev (8-avtogol) - Temur Mamasiddiqov (29, 43), Igor Chikrizov (40), Husayin Norchayev (88).

Hakamlar: Meder Taychiyev, Eldos Mirzabekov, Qanot Mirzabekov (barchasi Qirg‘izistondan).
Afg‘oniston: 1. Sharif Omonzoda, 5. Ismatulloh Kozimiy, 4. Muhammad Amin Nizomiy, 13. Ali Zohidiy, 3. Abdul Munir Hazratiy (12. Ali Sino Valizoda, 87), 7. Fayzuddin Sherzod, 10. Muhammad No‘'mon Valizoda, 6. Samir Samandariy, 14. Abdul Hada Sodiqiy, 2. Sajad Ali Xaliliy, 11. Abuzar Rahmoniy (18. Toryalay Hamdard, 68).
O‘zbekiston: 12. Mo‘minrizo Qodirov, 4. Sardor Abdurashidxo‘jayev, 5. Xurshid Abdullayev, 15. Muhammadyusuf Nosirov, 6. Diyorbek Rahimqulov, 7. Temur Mamasiddiqov (16. Farruhbek Muxtorov, 85), 8. Mironshox Sattorov, 9. Igor Chikrizov (17. Xusain Norchayev, 84), 10. Jasurbek Jamoliddinov, 11. Ruslan Roziyev, 20. Azizbek Hafizov (14. Doniyor Sobirov, 66).

Ko‘proq yangiliklar: