JCh-2018. Chorak finalning barcha juftliklari ma'lum bo‘ldi

Sport 03:15 / 04.07.2018 62713

Jahon chempionati 1/8 finalining so‘nggi juftlik o‘yinida Angliya hamda Kolumbiya terma jamoalari kuch sinashdi.

"Otkritiye Arena" stadionida kechgan o‘yin penaltilar seriya natijasiga ko‘ra, inglizlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shuni ta'kidlash lozimki, Angliya terma jamoasi jahon chempionatida doirasida ilk bor penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. 

Angliya terma jamoasi chorak finalda Shvetsiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 7 iyul kuni "Samara Arena"da, Toshkent vaqti bilan 19:00 da o‘tkaziladi. 

Chorak final
6 iyul
Urugvay - Fransiya (19:00)

Braziliya - Belgiya (23:00)

7 iyul
Rossiya - Xorvatiya (19:00)

Shvetsiya - Angliya (23:00)

Ko‘proq yangiliklar: