Jamiyat | 09:00 / 04.07.2018
19731
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi dexqon va fermerlarni hamkorlikka taklif etadi

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi O‘zbekiston miqyosida yong‘oq, bodom va pista yetishtirishda zamonaviy texnologiyalar va navlardan foydalanish, lalmi yerlardan unumli foydalangan holda, zamonaviy yong‘oq, bodom va pista plantatsiyalarini barpo qilish hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida 2017 yil 1 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori asosida tashkil etilgan.

Yong‘oq, bodom va pistaning serhosil zamonaviy plantatsiyalarini tashkil etish, ilmiy usullarga asoslangan va suv resurslarini tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, yong‘oq, bodom va pista ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish choralarini keng targ‘ib qilish, mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida, marketing tadqiqotlarini olib borish va eksport hajmini ko‘paytirish uyushmaning asosiy vazifalariga kiradi.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

Uyushma, shuningdek, yong‘oq, bodom va pista ko‘chatlarini parvarish qilishga jalb etiladigan a'zolarni hamda agronomlarni agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri o‘tkazish bo‘yicha o‘qitishni ham tashkil etadi.

Uyushma tomonidan yong‘oqchilik sohasini rivojlantirishni hohlovchilarga va a'zolariga quyidagi xizmatlarni taklif qiladi:

•   Agronomlar, fitopatolog, biotexnolog, mikrobiolog va boshqa mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va maslahatlar;

•   Ko‘chat yetkazib berish hamda ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;

•   Intensiv bog‘larni loyihalash xizmatlari, yong‘oq, bodom, pista bog‘lari uchun kerakli texnika va ko‘chatlarni xarid qilish bo‘yicha tavsiyalar va konsultativ xizmatlar;

•   Yong‘oqchilik bo‘yicha dunyo tajribasidan ma'lumotlarni a'zolarga taqdim etish, yong‘oq mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish;

•   Uyushma mutaxassislari nazoratida bog‘lar yaratish va parvarishlash.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

Uyushma va uning mutaxassislari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan istalgan tadbirkorlik sub'yekti, assotsiatsiya a'zosi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'iy nazar bepul ravishda foydalanishi mumkin.

Hozirgi kunda uyushmaga butun respublikadan 80 dan ortiq yong‘oq yetishtirish sohasida faoliyat olib borayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklar a'zo bo‘lgan.

Yong‘oq va bodom bog‘lar butun respublika xududlarida barpo etilmoqda, jumladan Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi yirik plantatsiyalarni misol keltirish mumkin.

2017 yilda yong‘oq uchun 500 gektar maydon ajratilgan bo‘lib, bahorgi mavsumda yong‘oq ko‘chatlari ekildi. 2018 yil esa yong‘oq hamda bodom plantatsiyalarning umumiy maydoni 5000 gektardan ortiq maydonda tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

Respublikada yong‘oq, pista hamda bodom ko‘chatlarini ko‘paytirish ustida ilmiy tadqiqotlar ham olib borilmoqda, shunga ko‘ra Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ilmiy tadqiqot markazi hamda ishlab-chiqarish laboratoriyasi qurilmoqda.

Ushbu laboratoriya Invitro usulida yong‘oq, bodom va pista ko‘chatlarni ko‘paytirishga ixtisoslashtirilgan. Laboratoriyaning umumiy maydoni 24 gektardan tashkil topgan bo‘lib, 2 gektari ilmiy laboratoriya, 2 gektar yer maydoni ko‘chatlarni ko‘paytirish maqsadida qurilayotgan issiqxona, hamda 18 gektarida intensiv ko‘paytirish maqsadida onalik bog‘ qurish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida laboratoriya 100 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratish kuchiga ega. Laboratoriyani zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilmokda.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

2017 yildan boshlab bugungi kunga qadar, uyushmaga AQSh, Ispaniya, Isroil, Turkiya va Chili davlatlaridan malakali mutaxassislar tashrif buyurib, ular tomonidan bog‘larda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, zamonaviy yong‘oq, pista va bodom plantatsiyalarini barpo qilish yuzasidan uyushma xodimlari bilan fikr almashinib kelinmoqda.

Uyushma xodimlari, a'zolari va Samarqand qishloq xo‘jalik instituti professor olimlari bilan birgalikda AQShning Kaliforniya shtati UC Davis universitetning professorlari ishtirokida ilmiy seminar o‘tkazildi.

Joriy yilda uyushmaning biotexnolog va tuproqshunos mutaxassislari Turkiyadagi Invitro va tuproq analiz laboratoriyalarida bir oy davomida malaka oshirib kelishdi.

Ukraina davlatiga 2017 yilning oktabr oyida uyushma mutaxassislari tashrif doirasida “Ukraina milliy yong‘oq uyushmasi” bilan hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, hozirda hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

2010-2020 yillar davomida uyushma dasturida 15000 gektardan ortiq yong‘oq, bodom hamda pista plantatsiyalari barpo etish rejalashtirilgan. Respublikamizning har bir viloyatida hududiy “Yong‘oqagro” korxonalarini tashkil etish amalga oshirilmoqda.

Ilmiy tadqiqotlar va jahon tajribasi asosida ekishga tavsiya etilgan hamda respublikamiz ob-havo sharoitiga mos yong‘oq navlaridan biri – Chandler navini dehqon va fermer xo‘jaliklariga ekishni tavsiya qilinmoqda.

Chandler navi – serhosil, oq mag‘iz, yupqa po‘choqli eksportga mo‘ljallangan navlardan hisoblanadi. Bu nav ekilgandan so‘ng 4 yildan boshlab, 4-4,5 kilogrammgacha hosil bera boshlaydi. 10-12 yillarda 30-40 kilogramm hosil beradi.

Intensiv bog‘larda ushbu navning ekish sxemasi qator orasi 7 metr, ko‘chatlar orasi 6 metrdan iborat, demak 1 gektar yer maydoniga 238-240 ta ko‘chat ekiladi. Chandler navning bo‘yi 4-4,5 metrgacha yetishi mumkin.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

Yong‘oq yetishtirish bilan qiziqayotgan yoki soha bilan tanishishni istaganlar, quyidagi manzilga yoki telefon raqamlarga murojaat etishlari mumkin.

Manzil: 140124, Samarqand shahri, Katta O‘zbektrakt ko‘chasi, 14

Telefon: +99891 551-77-67

Elektron pochta: info@uznuts.uz

Sayt: www.uznuts.uz

Facebook: fb.com/uznuts.uz

Telegram: @uznuts_uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid