«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri muhokama etilmoqda

Iqtisodiyot 11:01 / 04.07.2018 15083

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

«O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi Markaziy bank va banklardan tashkil topadi», - deyiladi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi 3-moddasida.

Loyihada davlat va boshqaruv organlarining banklarning bevosita faoliyatiga aralashuvi birinchi marta qonun darajasida taqiqlanmoqda. Shuningdek, banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilishi taklif etilmoqda.

Taklif etilayotgan qonun normalari ishga tushsa, bundan buyon bank xoldinglari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yiladi, banklarga mablag‘larni mustaqil inkassatsiya qilishga ruxsat berilishi va banklarning ustav kapitalining 25 foizidan ortiq qismiga egalik qilish bo‘yicha amaldagi cheklovlar bekor qilinishi mumkin.

30 iyul kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida keng jamoatchilikka taqdim etilgan qonun loyihasi 6 bob, 57 moddadan iborat. 

Amaldagi qonun 1996 yil 25 aprelda qabul qilingandi. Shunday qilib, yangi tahrirdagi qonun amaldagidan 13ta moddaga ko‘p bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: