Xitoy internet kompaniyalarining tushumi ilk yarim yillikda 52 mlrd dollarni tashkil etdi

Iqtisodiyot 10:34 / 03.07.2018 3916

Xitoyning yirik internet-kompaniyalarining 2018 yil yanvar-may oylaridagi tushumi 23,9 foizga o‘sib, 332,5 mlrd yuanni (taxminan 52 mlrd AQSh dollari) tashkil etdi. Ro‘yxatga bir yilda kamida 3 mln yuan yoki 447,1 ming dollar daromad qiluvchi kompaniyalar kiritildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi XXR sanoat va axborotlashtirish vazirligi hisobotiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, umumiy daromadning 90 foizdan ortig‘i, ya'ni 300,4 mlrd yuani (47 mlrd dollar atrofida) axborot xizmatlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda uning uchdan birini elektron tijorat ta'minlagan. 

Qayd etilishicha, Xitoy internet-kompaniyalarining barqaror o‘sishi onlayn-o‘yinlar bozorining kengayishi bilan izohlanadi. Videolavhalarni tomosha qilish va musiqa tinglash xizmatlari va ilovalari ham bu tarmoqda o‘sishni ta'minlagan. Rasmiy statistik ma'lumotlarga binoan shu yilning may oyi oxiriga kelib mamlakatda 4,15 mln.dan ortiq shunday dasturlar bo‘lgan. 

Umuman, XXR internet-kompaniyalarining jami kapitallashuvi 2017 yilda 8,9 trln yuanga (1,4 trln dollarga yaqin) yetgan. Bunda mahalliy bozorning 73,9 foizini Tencent, Alibaba va Baidu kompaniyalari egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: