Discover Invest qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchilarga hamkorlik taklif etadi 

Iqtisodiyot 09:00 / 03.07.2018 6972

Siz qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchimisiz? Discover Invest bilan hamkorlik qiling! 

Discover Invest kompaniyasi Toshkent City obektlarini qurish bilan shug‘ullanuvchi bosh hamkordir. Bizning kompaniyamiz davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan obektlarni loyihalashtirish va qurish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, qurilishda faqat maqbul narxlarda sotib olinadigan, yuqori sifatli qurilish materiallaridan foydalanamiz. 

Biz jahondagi yetakchi qurilish-injiniring kompaniyalaridan biri bo‘lishga va xalqaro bozorda ishonchli obro‘ qozonishga intilamiz. Biz hamisha yangiliklarga ochiqmiz, qo‘yilgan maqsadlarni bajarishdagi innovatsion yondashuvni, murakkab masalalarni hal qila olish qobiliyatini, shuningdek, g‘oya va tashabbuslarni ma'qullaymiz.

Foto: Discover Invest

O‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Discover Invest MChJ quyidagi qurilish materiallarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi:
    
1. Har xil turdagi metalloprokat;
2. M100-M600 markali beton;
3. Yog‘och mahsulotlari;
4. Beton mahsulotlari;
5. Yorug‘lik uskunalari (yoritish bilan bog‘liq barcha mahsulotlar);
6. Kabel-sim mahsulotlari;
7.Metalldan tayyorlanadigan mahsulotlar (bolalar maydonchasi, o‘rindiqlar, to‘siqlar,  profnastil, yo‘l to‘rlari va hokazo);
8. Sochiluvchi materiallar (qum, shag‘al, klinets va hokazolar); 
9.Gipsokarton listlari hamda ichki to‘siqlar va qoplamalar uchun kerakli boshqa materiallar;
10. Mahkamlovchi materiallar (mix, bosht, samorez, shurup, anker va boshqalar);
11. Turli xildagi g‘ishtlar hamda devor va to‘siqlar qurish uchun kerakli boshqa materiallar;
12. Ichki va tashqi maqsadlardagi pol usti qoplamalar;
13. Qurilish qorishmalari (aralashmalari);
14. Santexnika uskunalari;
15. Kafel va boshqa plitka mahsulotlari;
16. Elektrodlar. 

Foto: Discover Invest

Discover Invest har bir sherik yoki hamkorimizda ulkan imkoniyatlarni ko‘radi. Bularning barchasi buyuk kelajak sari hamda uzoq muddatli va samarali hamkorlikka qo‘yilgan katta qadam bo‘lishiga ishonamiz.

Takliflaringizni qo‘yidagi telefon raqam orqali kutib qolamiz:

+99895 169-71-71

www.discoverinvest.uz 

Reklama huquqi asosida!

Ko‘proq yangiliklar: