O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Go‘zal Islomovaning fikricha, daromad aylanmasining 5 foizi miqdorida soliq to‘lash - eng qo‘rqinchli soliq bo‘lgan. Islomova bu haqda 2 iyul kuni yangi soliq islohotlari muhokamasiga bag‘ishlangan anjumanda shunday deydi.
«Mutaxassislar ta'kidlagan, daromad aylanmasining 5 foizi miqdorida soliq to‘lash - eng qo‘rqinchli soliq bo‘lgan. Bu eng samarasiz soliq. U endi yo‘q. Daromad va dividendlardan olinadigan soliq stavkalari pasaytiriladi. Bu katta qadam», deb baholaydi u yangi soliq konsepsiyasi haqida gapirib.
O‘zbekistonda [soliq konsepsiyasi] hujjatining qabul qilinishi ilk marta hukumat, davlat organlari va vazirliklarning tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlikda ish olib borganidan darak beradi, deya fikr bildirgan Go‘zal Islomova.