Biz o‘rgangan tovarlarni yetkazib berish shakli tobora ko‘proq kurerlar o‘rniga uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish tomon o‘zgarmoqda. Amerikaning yirik Kroger riteyleri Nuro kompaniyasi bilan hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish shaklini o‘zgartirishni niyat qildi. Yangi servis o‘z ishini boshlashga ulgurdi.
Eng avvalo, loyiha ishtirokchilari haqida ikki og‘iz so‘z. Kroger – bu Amerikaning 1883 yilda asos solingan eng yirik supermarketlar tarmoqlaridan biri. Kroger o‘z aylanmasiga ko‘ra Wal-Mart supermarketlar tarmog‘idan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Nuro – tovarlarni yetkazish maqsadida robotlashtirilgan kichik furgonlardan foydalanishni rejalashtirgan startap. Nuro dastlab faqat oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishga ixtisoslashishni rejalashtirmay, keng profilli kompaniya bo‘lishni maqsad qilgandi.
Tovarlarni xarid va buyurtma qilish maxsus ilova orqali amalga oshiriladi. Shundan keyin tovar ortilgan avtomobil foydalanuvchining yoniga keladi, hozircha servisning test sinovi bo‘lgani uchun uning ichida operator o‘tiribdi, favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, u boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi. Buyurtma yetkazilganidan keyin buyurtmachi avto paneliga kerakli qismga kirishni ta'minlovchi kodni kiritadi. Bugunga kelib tovarlarni bunday usulda yetkazish qanchaga tushishi va yakuniy ekspluatatsiya vaqti noma'lumligicha qolmoqda.