Tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan tovarlar narxi davlat tomonidan tartibga solinadi

Iqtisodiyot 15:33 / 28.06.2018 6065

Monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro prinsiplariga o‘tishni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori qabul qilindi.

Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur qarorga muvofiq narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qat'iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) o‘rnatish, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) faqat:

ushbu qarorga 2-ilovada keltirilgan tovarlarga (xizmatlarga) (Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati);

tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga);

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlarida narxlarini (tariflarini) tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: