Xorijliklar investitsion daromadi O‘zbekiston fuqarolarining shunday daromadidan 9 baravar ko‘p bo‘ldi

Iqtisodiyot 15:43 / 28.06.2018 10021

Markaziy bank ma'lumotiga ko‘ra, xorijiy investorlarning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyalaridan daromadlari mahalliy aholining shunday daromadidan 9 barobarga ko‘p bo‘ldi.

Birinchi chorakda xorijliklar 393,8 million dollar miqdorida investitsion daromad oldi, mahalliy aholi esa - 41,1 million dollar.

Chet elliklarning daromadidan 197 mln dollar reinvestitsiya qilingan daromadlar, 136,1 mln dollar - tashqi kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Natijada ushbu band bo‘yicha salbiy saldo 352,7 mln dollarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, chet elliklar O‘zbekiston banklarida ko‘proq pul qoldira boshlandi - 18 mln dollardan 43 mln dollargacha.

Jismoniy shaxslar O‘zbekiston banklariga 8 mln dollardan ko‘p (13 mln dollardan 21 mln dollargacha), yuridik shaxslar esa - 17 mln dollardan ko‘p (5 mln dollardan 22 mln dollargacha) qo‘yishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijliklar O‘zbekistonda 1-chorakda 666 mln dollar qoldirishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: