Bojlar jangi. AQSh Yevroittifoq va Xitoyni aybladi

Iqtisodiyot 12:24 / 27.06.2018 3568

AQSh savdo vakili Robert Laytxayzerning ma'lum qilishicha, YeI va Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a'zo bo‘lgan hamda Qo‘shma Shtatlar mahsulotlariga import bojlari joriy qilgan davlatlar tashkilot qoidalariga e'tibor bermayapti. Bu haqda idora saytida xabar qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «YeI, Xitoy va boshqa mamlakatlarning javob bojlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ular JST qoidalariga umuman e'tibor ham berishmayapti».

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, AQSh bojlari butunlay qonuniy, sababi mamlakat milliy xavfsizligi manfaatlari himoyasiga yo‘naltirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: