2018 yilning eng qimmat va eng arzon shaharlari nomi e'lon qilindi
Dunyoning turli shaharlaridagi xorijiy mutaxassislar uchun turmush darajasini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Mercer tahlil kompaniyasi 2018 yilning eng qimmat shaharlari reytingini taqdim etdi. Mercer ekspatlar uchun turmush darajasi narxiga uy-joy, transport, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy tovarlar bilan bog‘liq xarajatlarni kiritadi.

Reytingda Osiyo megapolislari yetakchilik qilmoqda: birinchi o‘rinni Honkong egalladi, ikkinchi o‘rinda esa Tokio qayd etilgan. Xorijiy mutaxassislar uchun turmush bahosi bo‘yicha yetakchilar uchligiga Yevropadagi Tsyurix shahri ham kiritildi. Ilk o‘ntalikdan Shveytsariyaning yana bir shahri ham o‘rin olgan: Bern to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.
Amerika shaharlari o‘rtasida ekspatlar uchun eng qimmat shahar sifatida Nyu-York e'tirof etildi (13-o‘rin), Rossiya shaharlaridan esa - Moskva (17-o‘rin).
Eng qimmat shaharlar top-10 reytingi:
1. Honkong (Honkong maxsus ma'muriy tumani);
2. Tokio (Yaponiya);
3. Tsyurix (Shveytsariya);
4. Singapur;
5. Seul (Janubiy Koreya);
6. Luanda (Angola);
7. Shanxay (Xitoy);
8. Ndjamena (Chad);
9. Pekin (Xitoy);
10.Bern (Shveytsariya).
Ekspatlar uchun eng arzon shahar sifatida Toshkent shahri e'tirof etilgan. Mercer tahlilchilari reyting tuzishda 209 shaharni baholashgan.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025