Qozog‘iston Rossiyadan tovuq importini chekladi

Iqtisodiyot 15:10 / 25.06.2018 2556

Qozog‘iston parranda grippi sababli Rossiyaning bir nechta parrandachilik fabrikalari mahsuloti importiga cheklovlar qo‘ydi. Bu haqda respublika Qishloq xo‘jaligi vazirligining saytida ma'lum qilindi.

«Xalqaro epizootik byuro Rossiyada yuqori patogen parranda grippini qayd etdi: Kursk, Penza va Samara oblastlarida», - deya ma'lum qilishgan vazirlikdan.

Shu tariqa, 2018 yil 21 iyundan boshlab Qozog‘iston tirik parranda va inkubatsion tuxum, pat, hamda yuqoridagi korxonalardan barcha turdagi parranda mahsulotlarini o‘z hududiga olib kirishni taqiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: