Turkiyadan qadam: AQSh bojlariga javob choralari joriy etiladi

Iqtisodiyot 18:40 / 21.06.2018 8010

Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zaybekchining ma'lum qilishicha, mamlakat AQShga qarshi 22 turdagi Amerika tovarlariga nisbatan 300 mln dollarlik miqdorda bojlar joriy etmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Bunday harakatlar Turkiyaning AQSh tomonidan po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etilganiga javoban amalga oshirildi.

«AQSh po‘lat va alyuminiyga qo‘shimcha bojlar joriy qildi. Biz AQShga 1,18 mlrd dollarlik po‘lat eksport qilamiz, bu davlatdan esa 1,3 mlrd dollarlik tovarlarni olib kiramiz. Biz muammoni ular bilan muzokaralarda hal qilishga harakat qildik, ammo bu ro‘y bermadi», - dedi Zaybekchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa AQSh bojlariga javob qaytargani xabar qilingandi. YeI Amerika guruchi, apelsin sharbati, yer yong‘oq moyi, tamaki mahsulotlari va turli kiyim-kechaklarga 25 foizlik bojlar joriy etadi.

Ko‘proq yangiliklar: