Avval hojatxona tozaladi, keyin islomiy aviakompaniyaga asos soldi

Jahon 16:11 / 21.06.2018 40144

1997 yilda banglashedlik Kazi Shaifqur Rahmonning oilasi Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tdi, o‘sha vaqt u 11 yoshda bo‘lgan. Uning ilk ishi London City aeroportida hojatxona tozalash bo‘lgan. Bu ishda to‘xtash mumkin emasligini tushungan Rahmon o‘z biznesini ochishga harakat qilgan, deyiladi O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmatida. 

Urinishlarining natijasi o‘laroq, u Sunnamusk parfyumeriya kompaniyasiga asos soldi. Rahmonning ishlari yurishib ketdi va u o‘zini boshqa soha – yo‘lovchi aviatashuvida sinab ko‘rishga qaror qildi.

Rahmon Londondagi aviakompaniyada ishlagan davrida halol taomlar beriladigan birorta samolyot yo‘qligini ko‘rgan edi. Uning ko‘pchilik ishonqiramay qaragan biznes rejasi esa aynan shariat qoidalariga asoslandi. Unga alkogoldan voz kechadigan aviakompaniyalar muvaffaqiyatsizlikka uchrashini aytganlar bo‘ldi.

Shunga qaramay, Kazi Shaifqur Rahmon o‘z bilganidan qolmadi va yo‘lovchilarga islomiy qoidalarga muvofiq xizmatlarni taklif etuvchi Firnas Airways nomli kompaniyani ochdi.

Aviakompaniyada barcha taomlar halol standartiga javob beradi, u yerda cho‘chqa go‘shti ham, spirtli ichimliklar ham yo‘q. Samolyotdagi styuardessalar qat'iy dress-kodga amal qilishadi va sipo kiyinishadi.

Turgan gapki, islomofoblar jim turmadi: internetda Firnas Airways haqida bo‘lmag‘ur gap-so‘zlarni tarqatishdi. Ammo Kazi Shaifqur Rahmon o‘z orzusini amalga oshirishning uddasidan chiqdi. 

U o‘z yurtida ancha mashhur. Rahmon haqida “O‘z avikompaniyangni qanday ochish mumkin?” nomli hujjatli film ishlangan.

Ko‘proq yangiliklar: