U 13 yoshida jiddiy kasallik bilan og‘ridi, biroq bu hammasi tugadi degani emas...

Jamiyat 02:12 / 20.06.2018 12505

Taqdir insonni ko‘plab sinovlarga bardosh berishga majbur qiladi. Shunday sinovlarga bardosh berayotgan bir oilaning KUN.UZ tahririyatiga qilgan murojaati diqqatimizni tortdi. 

Vova ismli bolakay o‘tkir limfoblast leykoz xastaligi bilan ko‘p vaqtdan beri kurashib kelmokda. 13 yoshli bolaning taqdirida ana shunday kunlar bitilgan ekan. Unga 2017 yilning avgust oyida o‘tkir limfoblast leykoz tashxisi qo‘yilgan. Leykoz (oq qon) – qon ishlab chiqaradigan to‘qimalarning o‘sma kasalligi. Qonda o‘ziga xos o‘zgarish bo‘lib, normal qon hosil bo‘lish jarayoni buziladi. Kasallik sababi fanga noma'lum.

Suyak iliklarini ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan bu kasallikning oldini olish mumkin. Operatsiya amaliyoti Hindistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uning narxi 30 ming AQSh dollari qilib belgilangan. Shu paytgacha turli xayriya aksiyalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali 16225 AQSh dollari yig‘ilgan. Yana 13775 AQSh dollari miqdorida mablag‘ yig‘ilishi kerak. Tabiiyki, oilaning moddiy ahvolini hisobga olsak, hozir bu mablag‘ni topish imkoni bo‘lmayapti. Onasining farzandi haqida aytgan har bir so‘zida iztirob va og‘ir o‘kinch bor. Kelinglar, ularga o‘z yordamimizni ayamaylik.

Xayriya qilmoqchi bo‘lgan savobtalab insonlar uchun qo‘shimcha ma'lumotlar: 

PAYME, CLICK: 8600 3404 9509 0323 Dmitriy Chiganov (Vovaning dadasi)

SBeRBANK: 2202 2008 2385 0076 Vladimir Gorobets  (Vovaning bobosi)

Telefon raqamlari:

+99893 5995614 Dmitriy Chiganov
+998 99 8629538 Mariya Chiganova (Vovaning onasi)

Ko‘proq yangiliklar: