Mahsulotlaringizga chet eldan xaridor qanday topiladi: reklama, tender va tijorat takliflari

Iqtisodiyot 18:03 / 20.06.2018 8868

Kun.uz tahririyati yurtimizdagi o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va xizmatlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlarga yordam berish maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos solgani haqida avval ham xabar bergan edik.

Videoloyihaning navbatdagi sonida eksport bo‘yicha mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» tashqi savdo va konsalting kompaniyasi asoschisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksporti mavzusida so‘z yuritilgan va uning birinchi qismi e'tiboringizga havola etilgan edi.

«Xorijlik xaridorlar qanday topiladi?» deb nomlangan umumiy mavzuning ikkinchi qismida quyidagi mavzular atrofida so‘z boradi:

  • Reklama. Chet ellik hamkorni tezlik bilan topmoqchimisiz? Unda mahsulotingizni barcha mavjud bo‘lgan yo‘llar bilan reklama qilishga urining! Eng qiziqarli fakt, bu ichki bozorda beriladigan reklamaning samarasi, tashqi bozordan talab kuchayishiga yordam beradi.
  • Elektron e'lonlar peshtaxtalari. Elektron e'lonlar peshtaxtasi ham oddiy e'lonlar osiladigan peshtaxtadan vazifasi jihatdan katta farq qilmaydi. Bu oddiy sayt bo‘lib o‘z mahsulotini sotishni istagan odam e'lon beradi va sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor e'londan habardor bo‘ladi.
  • Tijorat takliflari. U qanday tuziladi?
  • Maxsus xaridor manbaalari. Ko‘pchilikning xabari yo‘q, lekin xaridorlar bazasini sotadigan maxsus pullik manbalar xam bor. Misol uchun: www.kompass.com, www.export-base.ru ga kirib, tovar turkumini tanlaysiz va korxonalar soniga qarab robot summasini hisoblab beradi.
  • Sovuq qo‘ng‘iroqlar. Sovuq qo‘ng‘iroqlar, boshqacha aytganda telefon spami deyiladi, bu – mahsulot yoki xizmat turini reklama qilish maqsadida ketma-ket ravishda xaridorlarga qo‘ng‘iroq qilib chiqishga aytiladi.
  • Tenderlar. Ularda qanday qatnashish mumkin? Tender – bu raqobatchilar orasida eng arzon narxni tanlab olishdir. Ko‘pgina xorijiy korxonalar katta hajmdagi tovarlar xaridlarini faqatgina tender asosida amalga oshiradilar. Shuning uchun ularni qo‘ldan boy berish kerak emas.
  • Xalqaro ko‘rgazmalar. Qanday qilib samarali qatnashish mumkin? Xalqaro ko‘rgazma – bu xaridorni qidirish uchun eng samarali maydon. Hozirgi kunda ko‘rgazma va yarmarkalar marketingning universal quroli bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘proq yangiliklar: