Yevro birjada may oyidan beri minimal ko‘rsatkichni qayd etdi

Iqtisodiyot 15:07 / 20.06.2018 3546

Yevro respublika valyuta birjasida 9210 so‘mlik darajada sotilmoqda. Bu may oyidan beri minimal ko‘rsatkichdir, o‘shanda O‘zbekiston tarixida ilk bor valyuta birjasida Yevropa valyutasi ishtirokida savdolar boshlandi.

8 mayda, savdolar boshlangan kunda, valyuta 9800 so‘mdan sotilgan, bir necha kun o‘tib 9901 so‘mgacha oshdi, biroq keyin pozitsiyalarni yo‘qota boshladi hamda faqatgina so‘nggi yetti kunda 400 so‘mdan ortiqni yo‘qotib, 9210 so‘mlik minimum rekordga yetdi.

Bu hafta noyob vaziyat kuzatildi - Markaziy bank kursi birjadagi ko‘rsatkichdan past o‘rnatildi, odatda esa, aksincha holat ro‘y berardi.

MB tomonidan o‘rnatilgan 9150 so‘mlik kurs ham valyuta erkinlashtirilishi boshlanganidan beri minimum sanaladi - yevro qishda 10200 so‘m edi. Yevro boshqa valyutalarga nisbatan ham pastlab borayotgan bo‘lsada, bunday keskin dinamika kuzatilayotgani yo‘q. 

Ko‘proq yangiliklar: